Bungacha Prezident administratsiyasida ishlab kelgan Marat Jurayev kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Sirojiddin Boboqulov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi bo‘ldi. U bunga qadar bosh vazir kotibiyatida bo‘lim boshlig‘i bo‘lgan.
Alisher Muratov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. U bungacha Biznesni rivojlantirish banki boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Xalq banki boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Zafar Azimov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi.
Mahallabay ishlash agentligi tugatilib, uning vazifa va funksiyalari Bandlik vazirligiga o‘tkazildi. Vazirlik, shuningdek, ishsizlar hisobini yuritadi, ishga joylashtiradi, kasbga va tillarga o‘qitadi. Kasbiy malaka markazlari tashkil etiladi, bitiruvchilar xalqaro sertifikatlar olishi mumkin bo‘ladi.
Mehnat inspeksiyasi 2025-yil 1-martdan boshlab mehnat huquqlari buzilishi va boshqa masalalar yuzasidan kameral nazoratini o‘tkazishni boshlaydi. Shuningdek, uning xodimlariga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qurilayotgan obyektlarda ishchilar sonining muvofiqligini tekshirishga ruxsat beriladi.
Toshkentning Shayxontohur tumaniga hokimlik qilgan Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
O‘zbekistonda tashqi mehnat bozoriga kirishni osonlashtirish va o‘z vataniga qaytgan migrantlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Bunda mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha attashe lavozimi joriy qilinadi, 24 soatlik Call-markazlar ochiladi, shuningdek, xarajatlarning bir qismi qoplanadi.
O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi Qoraqalpog‘iston, Sirdaryo va Xorazmda eng yuqori bo‘lib turibdi. Mamlakatda 1,3 mln kambag‘al oilalar mavjud bo‘lib, kambag‘allik darajasi 14,1 foizni tashkil etdi. Yil yakunigacha ko‘rsatkich 12 foizga tushib, 1 mln aholi kambag‘allikdan chiqarilishi rejalashtirilgan.
Bandlik vaziri Behzod Musayev yildan-yilga o‘zbekistonlik migrantlarning mamlakatdan ketishi emas, qaytishi soni ortib borayotganini aytdi. Unga ko‘ra, migrantlar 2 mln nafarni tashkil etmoqda. 2022−2023-yillarda tashkiliy tarzda 60 ming kishi ishga jo‘natilgan va ularning o‘rtacha maoshi 1200 dollar bo‘lgan.
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov hukumatning kambag‘allikka qarshi kurashishdagi asosiy yo‘nalishlarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, qishloq xo‘jaligini isloh qilish, qishloqlarda tadbirkorlikni yaxshilash, infrastrukturani rivojlantirish hamda urbanizatsiyani qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalishlar hisoblanadi.
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov mamlakatda kambag‘allik darajasi kamayib borayotgani, biroq aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilangina uni qisqartirib bo‘lmasligini ta’kidladi. “Kambag‘allikni qisqartirish barcha vazirliklarning asosiy masalasiga aylansa, barqaror natijalarga erishamiz”, — dedi u.
27-aprel kuni Toshkentda gibrid formatdagi ikkinchi inklyuziv biznes-forum o‘tkaziladi. Unda biznes va tadbirkorlikda inklyuziv mehnat amaliyotini muvaffaqiyatli joriy etish, to‘siqlarsiz mehnat muhitining odamlar, kompaniya va jamiyat muvaffaqiyatiga ta’siri hamda boshqa mavzular muhokama qilinadi.
2022-yilning oxirida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Nozim Xusanov lavozimidan ozod etildi. Uning nima sababdan ishdan ketgani hozircha ma’lum emas.
O‘zbekistonda shtatlarni qisqartirishni ko‘zda tutgan ma’muriy islohotlar doirasida davlat organlarida ishdan bo‘shatish vaqtincha to‘xtatildi.
Xitoylik olimlar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida maslahatchi lavozimida faoliyat yuritadi. Vazirlik rahbariyati olimlar bilan uchrashdi. Ular dastlab hududlardagi holatni o‘rganadi. So‘ng ilmiy yondashuv asosida kambag‘allikdan chiqish bo‘yicha maqsadli dasturlar ishlab chiqiladi.
Bandlik vaziri Behzod Musayevning ta’kidlashicha, mamlakatda mehnatga layoqatli aholining 1,3 mln nafari ishsiz. 2022 yilda qashshoqlik darajasi 17 foizdan 14,1 foizga tushgan, 2023 yilda bu ko‘rsatkichni 12 foizgacha kamaytirish kutilmoqda. Iqtisodchi hamda bloger esa vazirning bayonotiga ishonchsizlik bildirdi.
Erkin Muxitdinov, Jamshid Abruyev va Ra’no Turdiboyeva kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga o‘rinbosarlar etib tayinlandi. Ozoda Parpibayeva Oila va hotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Mirzoxid Ubaydullayev esa Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting